Computer class with rows of desktop computers in school

IT (Axborot texnologiyalari) dunyisga qadam kursimizning o’quv rejasi bilan tanishing

Kurs 8 ta moduldan tashkil topgan va har bir modulda nimalar o’qitilishi va o’rgatilishi haqida qisqacha ma’lumotlar beramiz

woman hand computer

1-modul: Kompyuter, Microsoft, Google va Sun'iy Intellekt deb nomlanadi. Bu modul o'quvchilarga IT sohasiga kirish uchun zarur bo'lgan asosiy bilim va tushunchalar beriladi

Kompyuter bilan tanishuv

Monitor, protsessor, klaviatura va sichqoncha kabi asosiy komponentlarning vazifalari va ularning ishlash prinsiplari tushuntiriladi. Shuningdek, operatsion tizimlar haqida umumiy ma'lumot berilib, Windows, MacOS va Linux tizimlarining asosiy xususiyatlari ko'rib chiqiladi. Kompyuter xavfsizligi mavzusi ham muhim ahamiyat kasb etadi, bu yerda antivirus dasturlari va xavfsiz internetdan foydalanish bo'yicha tavsiyalar beriladi

Google va Microsoft

Google texnologiyalari bo'yicha Google Classroom, Gmail va Google Drive xizmatlari haqida ma'lumot beriladi. Google Classroom yordamida o'qituvchilar va o’quvchilar uchun ta'lim jarayonini qanday tashkil qilish mumkinligi tushuntiriladi. Gmail elektron pochta xizmatidan foydalanish, xatlar yuborish va olish, papkalar va yorliqlar bilan ishlash haqida batafsil ma'lumot beriladi. Google Drive bulutli saqlash xizmati orqali fayllarni saqlash, bo'lishish va tahrirlash imkoniyatlari ko'rsatiladi. Microsoft Office dasturlari bo'yicha esa Microsoft Word, Excel va PowerPoint haqida batafsil ma'lumot beriladi.

Sun'iy Intellekt Asoslari

O'quvchilarga hozirgi kunda sun'iy intellektning tibbiyot, transport va ta'lim kabi sohalarda qanday qo'llanilayotgani tushuntiriladi. Shuningdek, mashinasozlik nima ekanligi, uning asosiy algoritmlari va modellarini o'rganish imkoniyati taqdim etiladi.

Bu modul orqali o'quvchilar kompyuterning asosiy qismlari va texnologiyalari, Google va Microsoft dasturlaridan sun'iy intellekt orqali samari foydalanish haqida asosiy tushunchalari bilan tanishadilar. .

2-Modul: Ms Word va Google Docs dasturlari orqali matnli hujjatlar bilan ishlash

Ushbu modulda o'quvchilarga asosiy va qo'shimcha funksiyalar o'rgatiladi. Dastlab, Ms Word va Google Docs dasturlari haqida umumiy ma'lumot beriladi, interfeys bilan tanishtiriladi va hujjat yaratish, saqlash va ochish ko'rsatib o'tiladi. Keyingi bosqichda, matn kiritishz tahrirlash va matnni formatlash bo'yicha bilimlar beriladi.

Shuningdek, hujjat dizayni va tuzilmasi bo'yicha sarlavha va kichik sarlavhalar qo'shish, sahifa sozlamalarini o'zgartirish, chekka, sahifa o'lchami va yo'nalishini sozlash, boshlang'ich sahifalar va sahifa raqamlarini qo'shish haqida o'rgatiladi. Kurs davomida jadvallar yaratish va tahrirlash, jadvallarni stil va rang bilan bezatish, grafik va diagrammalar kiritish va formatlash ham amalda ko'rsatiladi.

Bundan tashqari, rasmlar va videolar qo'shish, rasmni joylashtirish va o'lchamini o'zgartirish, audio va video fayllarni sozlash bo'yicha ham ma'lumotlar beriladi.

Google Docs bilan real vaqtda hamkorlik qilish, foydalanuvchilarni taklif qilish va ularning hujjatni tahrirlash darajasini belgilash, shuningdek, versiya tarixi va izohlar bilan ishlash bo'yicha bilimlar ham modulda o'rgatiladi. Modul oxirida hujjatlarni bosib chiqarish, bosib chiqarish sozlamalari va oldindan ko'rish, hujjatlarni PDF va boshqa formatlarga eksport qilish haqida ma'lumotlar beriladi.

Amaliy mashg'ulotlar, loyihalar yaratish va qiziqarli vazifalar orqali o'quvchilarning bilimlarini mustahkamlash ham modulning ajralmas qismidir.

Excel Spreadsheet stats graph analytics data. Accountant hands holding Financial Document Trading Information with excel file. Finance statistic report analyze business graph, chart,database,report.

3-modul: MS Excel va Google Sheets dasturlari orqali elektron jadvallar bilan ishlash

Bu modulda o'quvchilarga elektron jadvallar yaratish va tahrirlashning asosiy tamoyillari o'rgatiladi. O'quvchilar MS Excel va Google Sheets dasturlarining interfeysi bilan tanishadilar va ushbu dasturlarda ishlashni o'rganadilar.

Birinchi navbatda, elektron jadval dasturlarining asosiy funksiyalari tushuntiriladi. O'quvchilar jadvallar yaratish, kataklarga ma'lumotlar kiritish, qator va ustunlarni boshqarish, shuningdek, hujayralarni formatlashni o'rganadilar. Ma'lumotlarni saralash va filtrlash usullari, formulalar va funksiyalar bilan ishlash, jumladan, SUM, AVERAGE, VLOOKUP, IF va boshqa TOP 25 ta funksiyalarini qo'llash haqida tushuncha beriladi.

Ikkinchi bosqichda, ma'lumotlarni vizuallashtirishning ahamiyati ko'rsatilib, grafiklar va diagrammalar yaratish o'rgatiladi. O'quvchilar turli diagramma turlarini tanlash, ularni sozlash va ma'lumotlarni ko'rinadigan qilib taqdim etishni bilib oladilar. Shuningdek, jadvaldagi ma'lumotlarni shartli formatlash orqali qanday ko'rsatilishini o'rganadilar.

Modul davomida o'quvchilar Google Sheets'ning bulutli xususiyatlari va MS Excel'ning kuchli funksiyalari o'rtasidagi farqlarni tushunib olishadi. Guruh bilan ishlash, birgalikda tahrirlash va hujjatlarni bo'lishish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Bu modul orqali o'quvchilar elektron jadvallar bilan ishlashning barcha asosiy tamoyillarini o'zlashtiradilar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladilar, bu ularga kelajakdagi loyihalar va kundalik ish jarayonlarida katta yordam beradi

4-Modul: Ms PowerPoint va Google slides dasturlari orqali taqdimot yaratish

E-learning Presentation on a Laptop

Dastlab, Ms PowerPoint va Google Slides dasturlari haqida umumiy ma'lumot beriladi va ularning interfeysi bilan tanishtiriladi.

Keyingi bosqichda, slaydlarning dizayni va tartibini o'rganish muhimdir. Bu yerda slaydlar uchun turli shablonlar va mavzular tanlash, fonni sozlash, matn, rasmlar, diagrammalar va jadvallar qo'shish haqida o'rgatiladi.

Presentation

Slaydlar orasidagi o'tishlar va slaydlar ichidagi ob'ektlar uchun animatsiyalar qo'shish va sozlash o'rgatiladi. Taqdimotni interaktiv qilish uchun havolalar qo'shish va navigatsiya elementlarini yaratish ham modulda qamrab olinadi.

O'quvchilar video va audio fayllarni slaydlarga qo'shish, ularni sozlash va ulardan foydalanishni o'rganadilar. Shuningdek, grafiklar, diagrammalar va jadvallar qo'shish va ularni formatlash bo'yicha bilimlar beriladi.

Person Typing on Laptop Computer Near Mug on Glass Table

Google Slides bilan real vaqtda hamkorlik qilish, foydalanuvchilarni taklif qilish va ularning taqdimotni tahrirlash darajasini belgilash ham muhim mavzular qatoriga kiradi. Modul oxirida taqdimotni namoyish qilish bo'yicha tavsiyalar beriladi. Amaliy mashg'ulotlar, real loyihalar yaratish va o'quvchilarning taqdimot mahoratini oshirish uchun qiziqarli vazifalar berish ham kursning ajralmas qismidir.

Outdoor Youths & Tech Person Holding Phone with Canva App
Drop Shadow

5-Modul: Barchasi uchun Canva

Canva haqida umumiy ma'lumot va uning interfeysi bilan tanishtiriladi. Barcha o’quvchilar “Canva Pro”ga tekinga obuna qilinadi

Modul yakunida o'quvchilar Canva dasturi yordamida quyidagi narsalarni yaratish ko'nikmalariga ega bo'ladilar:

  1. Vizitkalar - Professional ko'rinishdagi vizitkalar.
  2. Posterlar - Reklama va ma'lumot beruvchi posterlar.
  3. Prezentatsiyalar - Slaydli taqdimotlar.
  4. Ijtimoiy Media Postlari - Instagram, Facebook va boshqa platformalar uchun qiziqarli postlar.
  5. Infografikalar - Ma'lumotlarni vizual tarzda ifodalovchi grafikalar.
  6. Flyerlar - Reklama va tadbirlar uchun flyerlar.
  7. Logotiplar - Biznes va brendlar uchun logotiplar.
  8. Bannerlar - Veb-sayt va ijtimoiy media uchun bannerlar.
  9. Broshyuralar - Ma'lumotli va jozibali broshyuralar.
  10. Taklifnomalar - Tadbirlar va marosimlar uchun taklifnomalar.
  11. Hujjat Dizaynlari - Professional ko'rinishdagi hisobotlar va rezume (CV).

O'quvchilar bu yaratish jarayonlari orqali o'zlarining dizayn mahoratlarini rivojlantirib, turli sohalarda samarali foydalanishlari mumkin bo'ladi.

Clean workplace with desktop computer and supplies.

6-Modul: Scratchda dasturlash

Scratch

Ush bu modulda Scratch platformasidan samarali foydalanish o'rgatiladi. Dastlab, Scratch platformasi, uning interfeysi, bloklar va sahnalar haqida umumiy ma'lumot beriladi hamda yangi loyiha yaratish va saqlash ko'rsatiladi.

O'quvchilar sprite'larni qo'shish, harakatlantirish va animatsiyalar yaratishni, sprite'larning tashqi ko'rinishini o'zgartirish va kostyumlar o'rtasida o'tishni o'rganadilar. Ovoz effektlari va musiqa qo'shish, o'z ovozlarini yozish va loyihaga qo'shish ham o'rgatiladi.

Nazorat bloklari, jumladan, sikl (loop) va shart (if) bloklarini ishlatish bo'yicha ko'nikmalar beriladi. Takrorlanuvchi harakatlar va shartli dasturlash asoslari tushuntiriladi. O'zgaruvchilar yaratish, ulardan foydalanish va ma'lumotlar saqlash o'rgatiladi.

Kurs yakunida o'quvchilar Scratch dasturidan foydalangan holda turli loyihalar yaratish va dasturlash asoslarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu ularga kelajakda murakkabroq dasturlash tillarini o'rganish uchun mustahkam asos yaratadi.

Blue office desk with computer laptop and cup of coffee, Top view wth copy space, Flat lay.

7-Modul: Pythonda dasturlash asoslari

Pythonda dasturlash asoslari modulida o'quvchilar Python dasturlash tili sintaksisi va ma'lumot turlari bilan tanishadi. Ular ma’lumot tuzilmalari, takrorlash amallari va funksiyalarni o'rganishadi. O'quvchilar fayllar bilan ishlash va ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash (OOP) asoslari bilan tanishadi. Kurs davomida NumPy, Pandas, Matplotlib kabi kutubxonalar bilan ishlash ko'nikmalari rivojlanadi. O'quvchilar oddiy misol va masalalarni dasturlash tili orqali bajarishni o’rganishadi

Python Computer Code Example Function
Gadget Mockup Frames Laptop
Background blue abstract website pattern

8-Modul: Web dasturlash asoslari (HTML, CSS, JS)

"Web dasturlash asoslari (HTML, CSS, JS)" modulida o'quvchilar HTML sintaksisi va tuzilishini o'rganishadi. Ular CSS yordamida sahifalarni bezash va responsive dizayn yaratishni bilib olishadi. JavaScript dasturlash tili bilan DOM manipulyatsiyasi va interaktivlik qo'shishni o'rganishadi. O'quvchilar oddiy web sayt yaratish va web dasturlash asosolari bilan tanishadi. Kurs davomida debugging qilish va brauzer rivojlantiruvchi vositalaridan foydalanishni o'rganishadi. Ular kod muharrirlari va Git bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lishadi. Kurs natijasida, o'quvchilar funksional va chiroyli veb sahifalar yaratishni bilishadi.

Floating Devices Showing Smart Responsive Website Design

IT Dunyosiga Qadam kurs yakunida o’quvchilar!

IT Dunyosiga Qadam kursimizning yakunida o’quvchilar zamonaviy kasblarni tezroq va samarali o'rganish ko'nikmasiga ega bo'lib chiqadilar.


Kurs davomida o'quvchilar:

  • Axborot texnologiyalari asoslarini o'zlashtirishadi: Kompyuter dasturlari, tarmoqlar, ma'lumotlar bazalari va bulutli xizmatlar haqida chuqur bilimga ega bo'ladilar.
  • Real loyihalar ustida ishlashadi: Nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash orqali haqiqiy hayotdagi vazifalarni bajara oladilar.
  • Tezkor o'rganish metodikalarini egallashadi: IT sohasida yangi bilimlarni tezda o'zlashtirish usullarini bilib oladilar.
  • Jamoada ishlash ko'nikmasiga ega bo'lishadi: Hamkorlikda muammolarni hal qilish va jamoa bilan ishlash tajribasiga ega bo'ladilar.
  • Zamonaviy texnologiyalardan foydalanishadi: Dasturlash tillari, web texnologiyalar va boshqa so'nggi innovatsiyalar bilan tanishib chiqadilar.


Bu kurs nafaqat texnik bilimlarni, balki muhim hayotiy ko'nikmalarni ham beradi. O'quvchilarimiz tez o'zgaruvchan IT dunyosiga moslashib, zamonaviy kasblarda muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur ko'nikmalarga ega bo'lishadi.

IT Dunyosiga Qadam kursi sizni kelajakdagi muvaffaqiyatlaringizga qadam qo'ydiradi. Axborot texnologiyalari bilan bog'liq zamonaviy kasblarni o'zlashtirish, yanada ko'proq imkoniyatlar yaratish va ulkan marralarga erishish uchun sizni kutib qolamiz!

"Biz texnologiyalarimizni rivojlantirish orqali kelajakni yaratamiz.

Elon Musk

"Kompyuterlar hayotimiz uchun asosiy vositalardan biriga aylangan. Ular bizga ko'proq vaqt va samaradorlikni ta'minlaydi."

Bill Gates

Ijtimoy tarmoqlarda biz:

Instagram

Youtube

Telegram

LinkedIn

Manzil va aloqa:

Ko’kdala tuman Taloqtepa MFY.

58-maktab

Ko’kdala tuman Taloqtepa MFY.

59-maktab

Tel: +998(90)444-44-06

Email: muxtorbekravshanov9@gmail.com

Telegram: T.me/Muxtorbek_0102

Paper Airplane Icon
Youtube Official Icon
Instagram Icon
In Logo Blue Vector

Website creator: © Muxtorbek 2024